O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonning Atirau shahrida yuz bergan YTHda halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Kazinform”.
YTH Dossor — Qulsari — Beynov trassasida yuz bergan. 27 yoshli o‘zbekistonlik fuqaro boshqarayotgan Lada Largus rusumli avtobus ag‘darilib ketgan. Avariya oqibatida haydovchidan tashqari bir nafar yo‘lovchi ham halok bo‘lgan, yana bir necha yo‘lovchi shifoxonaga joylashtirilgan.
Huquq-tartibot organlari xodimlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)