• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Otangga bor, onangga bor. Faqat Ittifoqni bezovta qilma!” Yoshlar ittifoqi — o‘rtada sarson yana yoshlar

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, qishloq yoshlariga tikuvchilikni o‘rgatmoqchi bo‘lgan ayolning Yoshlar ittifoqi tuman kengashi tomonidan sarsongarchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani yuzasidan murojaat qildi. Uning 6 oydan beri ovora-yu sarson bo‘lgani yetmaganidek, bugun qilgan shuncha mehnati havoga uchib ketayotganligini bildirdi. “Daryo” muxbiri holatni o‘rganish maqsadida murojaatchi bilan uchrashdi va vaziyat bilan yaqindan tanishib chiqdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oqdaryo tumani Avazali mahalla fuqarolar yig‘ini 6 ta qishloqni o‘z ichiga qamrab olgan. Ayni paytda mazkur MFYda, 2370 nafar xotin-qizlar istiqomad qilishadi. Shulardan birgina Avazali qishlog‘ida 650 nafar xotin-qizlar bo‘lib, ularning 120 nafarini 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar tashkil etadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — 2017-yilda qishloqdagi qizlarga tikuvchilikni o‘rgatish maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydim. Yoshlarga hunar o‘rgatish maqsadida tashkil qilingan ushbu to‘garakka oyiga 35 ming so‘mlik to‘lov asosida tikuvchilikni o‘rgatishni boshladim, — deydi “Daryo”ga murojaat qilgan Donayeva Hurriyat. — Qishloq qizlarining ko‘pchiligi oyiga 35 ming so‘mlik to‘lovni amalga oshirishga qiynaldi. Shu boisdan 2017-yilning avgust oyi oxirlarida Yoshlar ittifoqining Oqdaryo tuman kengashiga qishlog‘imizda tikuvchilik to‘garagi tashkil qilib ittifoq tomonidan oylik to‘lov amalga oshirib berilsa yoshlarga bepul tikuvchilikni o‘rgatish taklifini kiritdim. Yoshlar ittifoqining tuman kengashi raisi Ma’ruf Musayev esa 2017-yilning noyabr oyida to‘garak asosida qizlarga tikuvchilikni o‘rgatayotganligim uchun oylik chiqarib berishga va’da berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisining va’dasiga ishonib Avazali mahallasining eski binosida qishloq qizlariga sharoit yaratib, ularga bepul hunar o‘rgatishni boshlagan Hurriyat Donayeva qishda 40 nafardan ortiq qizlarga tikuvchilikni o‘rgatganligini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Yoshlar ittifoqi Oqdaryo tuman kengashi raisi menga katta va’da berib, Turkiyaga borib kelganidan so‘ng yordam ko‘rsatishiga ishontirdi. Yoshlar kunlik ishlarga chiqib qiynalib to‘lovni amalga oshirdi. O‘zingiz o‘ylang, 5—6 sinf qizlari uchun qiynalib pul topib tikuvchilikni o‘rganishning o‘zi bo‘ladimi? Ko‘pchiligining oilaviy sharoiti qiyin. Qishlog‘imizdan 5—6 kilometr uzoqdagi mahallalardan ham kelib o‘rganadigan qizlar bor. Tuman markaziga boray desa uzoq. Kamida 18—20 kilometrga borishi kerak. Qishda 40 nafardan ortiq qizlarni yig‘gandim. Hozirda 24 nafari qoldi. Ko‘pchiligi pul topish uchun kunlik ishlarga chiqib ketdi. Kimdir paxta chopsa, yana kimdir birovning hovlisida ishlab pul topayapti. Kunlik ish beruvchining yaxshisiga uchrasa xo‘p-xo‘p. Yomoniga uchrasa...

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2017-yilning fevral oyida Avazali qishlog‘ining eski mahalla binosini tadbirkorlik faoliyatini yuritish maqsadida olgan Hurriyat Donayevaga mahalla tomonidan hech qanday yordam ko‘rsatilmagan. Faqatgina uchastka noziri aralashib, qizlar tikuvchilikni o‘rgansin deb bir oyda bir marta bolalar puli va pensiya tarqatadigan mahallaning eski binosidan ikkita xona olib bergan. Ma’lum bo‘lishicha, hozir ushbu binoni ham kimdir olib supermarket qurishni rejalashtirib turgan ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Mart oyida Oqdaryodagi tikuvchilik fabrikasiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kelishi kutilayotgan edi. Endi nima qilaylik, mana Prezident kelayapti ekan o‘sha kishiga boraylikmi deganimizda Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisining kredit masalalari bo‘yicha yordamchisi qayerga borsalaring boraveringlar, menga desa Prezidentgacha boringlar deb chiqarib yubordi. Shundan so‘ng tuman xalq qabulxonasiga bordik. U yerga yozgan arizamizni ham yo‘q qilib yuborishdi. Borsang boraver Prezidentga dedi.

    Tadbirkor o‘zini qiynayotgan masala yuzasidan 2017-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga ham murojaaat qilgan. Ushbu murojaatdan so‘ng 29-dekabr kuni Hurriyat Donayevani tuman xalq qabulxonasiga chaqirtirishgan. U yerda ham Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi Ma’ruf Musayev suhbat uyushtirgan. Suhbat davomida ittifoqning tuman kengashi raisi Hurriyat Donayevaga tikuv mashinasi berishini va’da qilgan. Mana oradan olti oy o‘tgan bo‘lsa-da, na oylik maoshdan va na tikuv mashinasidan darak yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Virtual qabulxonaga qilgan murojaatimda tikuv mashinasi ham so‘ragan edim. Ma’ruf Musayev yana bayramdan keyin ishingizni hal qilib beraman deb ishontirdi. Keyin menga virtual qabulxonaga qilgan murojaatimga javob xati keldi. Javob xatida to‘garak rahbari etib tayinlandingiz deganidan so‘ng men qizlarga bepul tikuvchilikni o‘rgata boshladim. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha o‘sha suhbatdan so‘ng meni aldab bildirish xati yozdirib olgan ekan. Aslida esa mening muammom hal qilinganidan so‘ng bildirish xati yozib berish kerak ekan. Men ittifoq raisining aldovlariga ishonib bildirish xati yozib beribman. Kim bilsin, balki “Xalq qabulxonasi”-yu, boshqa davlat tashkilotlarining hisobotida men ish bilan ta’minlangan shaxs sifatida ma’lumot berib yuborgandir.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hurriyat Donayeva 2018-yilning 5-yanvar kuni Ma’ruf Musayevga qizlarga bepul tikuvchilikni o‘rgatishni boshlaganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng ittifoq raisi barcha hujjatlarni olib kelib berishini bildirgan. Fevral oyida esa “Sabr” ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish markazi rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda Hurriyat Donayevaga 600 ming so‘m oylik chiqarib berishga va’da bergan. Faqatgina haftada ikki marotaba Loyish shaharchasidagi tikuv fabrikasiga bolalarni olib borish va har kuni tushlikkacha ikki soat, tushlikdan so‘ng ikki soat dars o‘tish lozimligi bildirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Fevral oyining o‘rtalarida 20 nafar qizlar bilan tikuv fabrikasiga ham bordik. U yerda ittifoq xodimlari fabrikaning turli joylarida bizlarni rasmga tushirishdi. O‘sha rasmlarni qayerga jo‘natishdi bilmayman. Balki qizlarga tikuvchilikni o‘rgatyapmiz deb hisobot uchun rasmga olgandir. Men mart oyida ittifoq raisi bilan uchrashganimda faqat ikki kishiga oylik chiqadi, sizga chiqmaydi dedi. Lekin o‘sha vaqtda hech kim qizlarga tikuvchilikni o‘rgatmayotgan edi. Kim bilsin, balki bizni tushirib olgan rasmlar orqali kimlargadir oylik chiqarilgandir. Qishloqdagi qizlar 35 ming so‘m pulni berishga qiynalishgani uchun men to‘garak tashkil qilib, bepul o‘rgatish taklifini bergandim. Men ular berayotgan oylik bilan boyib ketmayman. Shunchaki, qishloqdagi qizlarning sharoiti ko‘tarmagani uchun shu taklif bilan chiqqandim. To‘g‘risi, o‘zim alergiya kasalligi bo‘yicha tumanda ro‘yxatda turaman. Mana shu tashvishlar sabab yana boshqa kasalni ham orttirib oldim. Faqat meni kasal qilyapti. Ittifoq raisi sifatida biror marotaba to‘garak faoliyatini kelib ko‘rgani ham yo‘q. Shu masalada qachon murojaat qilsam, “Opa, boraman”, — deb aldab qo‘yadi. Mana yarim yil o‘tgan bo‘lsa ham hol-ahvol so‘rash tugul, hatto biror marotaba kelib ko‘rgani ham yo‘q. Oylik bermayman deganidan so‘ng hokimiyatga ham murojaat qildim. Ammo natija bo‘lmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur masala yuzasidan Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi Ma’ruf Musayev bilan ham suhbatlashdik. Ittifoq raisi to‘garaklarda faoliyat yurituvchi xodimlarga oylik maosh O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi muassisligida ochilgan respublika yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan belgilanishini bildirib o‘tdi. Ularning faoliyatiga bevosita tuman ittifoq kengashi aralasha olmasligini ta’kidladi. Shuningdek, to‘garaklar faqat tuman markazlarida tashkil etilishi va har bir to‘garak rahbarining o‘rtacha 50 nafardan 80 nafargacha o‘quvchisi bo‘lsa shundagina oylik to‘lanishini bildirdi.

    Ma’ruf Musayev bilan suhbatda u haqiqatan ham Hurriyat Donayevaning faoliyatidan xabari borligini, ammo vaqti yo‘qligi bois biror marotaba borib sharoitni o‘rganish imkoni bo‘lmaganligini bildirdi. Ittifoqning tuman kengashi raisi bilan suhbatda yana bir qiziq holatga duch keldik. Tuman markazida tashkil qilingan ingliz tili to‘garagi o‘qituvchisi ham ma’lum bir muammo sabab yuqori tashkilotlarga murojaat qilganligi uchun viloyatdagi rahbar qasdma-qasdiga borib ishdan bo‘shatib yuborgan ekan. Bevosita muammoni hal qilish maqsadida murojaatchi Hurriyat Donayeva va Yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi Ma’ruf Musayev bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda arizachining tuman kengashi raisidan yordam so‘rab qilgan murojaatiga bergan javobi bizni yanada ajablantirdi. “Rahbarda eng muhim o‘ttizta vazifasi bo‘ladi. O‘sha o‘ttizta vazifadan so‘ng boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi”, — deya javob berdi Ma’ruf Musayev. Qiziq, qishloq yoshlarini, ayniqsa xotin-qizlarni hunarga o‘rgatish masalasi Yoshlar ittifoqi Oqdaryo tuman kengashi raisi Ma’ruf Musayevning nechanchi vazifasiga kirar ekan?!

    Xuddi shu masala bo‘yicha respublika Yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi mahalliy yoshlar markazlari faoliyati bo‘yicha koordinatori Sardor Usarov bilan ham suhbatlashdik.  Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Samarqand viloyati miqyosida 70 ga yaqin to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, ularning barchasi faoliyat yuritmoqda. Respublika Yoshlar markazi Samarqand viloyati bo‘linmasi 2018-yilning 13-fevralida Adliyadan ro‘yxatdan o‘tgan. Ungacha mavjud bo‘lmagan Yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi faoliyat yuritmagan. Shu sababli ham ungacha bo‘lgan holatlar bo‘yicha hech narsa deya olmasligini bildirib o‘tdi.

    — Samarqand viloyatida 16 ta shahar va tuman markazlari bo‘ladigan bo‘lsa, Yoshlar ittifoqi tuman va shahar kengashlari tomonidan har oyda ularning ro‘yxatini menga taqdim etiladi. Men ushbu ma’lumotlarni umumlashtirib respublika kengashiga taqdim etaman. Yuborilgan ma’lumotlar o‘quv-uslubiy kengash tomonidan monitoring qilinadi. Monitoring asosida xodimlarimizga oylik chiqiriladi. Bizga Hurriyat Donayevadan ariza kelib tushmagan. Tuman kengashi bu masalada qanday ish tutgan bilmadim. Yoshlar markazi tashkilotining Samarqand viloyati bo‘limining tashkiliy kadrlari bo‘yicha bosh mutaxassisi bor. Hurriyat Donayeva 5 oydan beri ishlayotgan bo‘lsa, bizga birorta hujjatlarini topshirmagan. Ariza ham yozmagan. Bizga u kishining faoliyati bo‘yicha ma’lumot ham kelmagan. Har bir tumanda koordinator bor. U ham to‘garak rahbari. Oqdaryo tuman markazidagi to‘garaklarimiz uncha yaxshi faoliyat yuritmayapti. To‘g‘risi, tumanda to‘garak yo‘q. Agar u kishi bizga murojaat qilsa men o‘zim joy ham ochib beraman sharoit ham qilib beraman, — deydi Respublika Yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi mahalliy yoshlar markazlari faoliyati bo‘yicha koordinatori Sardor Usarov.

    Hurriyat Donayevaning qiynayotgan masala yuzasidan tomonlarning fikrlarini tingladik. Bizga ma’lum bo‘lishicha bir-biriga bo‘ysunmaydigan (Yoshlar markazi viloyat bo‘linmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika markaziga bo‘ysunar ekan) ikki tashkilot o‘rtasida yoshlarga hunar o‘rgatmoqchi bo‘lgan to‘garak o‘qituvchilari sarson. Bir tomondan ittifoqning tuman kengashi to‘garak o‘tayotgan o‘qituvchilar bo‘yicha aniq ma’lumot bermayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Respublika Yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi tomonidan joylardagi to‘garaklar faoliyati atroflicha o‘rganilmayapti. Natijada ochilgan to‘garaklar ham o‘z faoliyatini uzoq davom ettira olmayapti. Yana bir haftadan so‘ng Yoshlar ittifoqining qurultoyi bo‘lib o‘tadi. Aynan mana shu qurultoyda to‘garaklar masalasi atroflicha ko‘rilib, muammoning yechimi bir tomonga hal qilinmasa, bir qozonda qaynashni istamayotgan ikki “kalla”ning bunday qarashlari natijasida yana minglab yoshlar ko‘chada sarson bo‘lishadi. Yana taksiga o‘tirib, yo bo‘lmasam avtobusga chiqib xorijga ketib qolaveradi.

    Farhod Norbo‘tayev, jurnalist.

    05.07.2018, 09:45   Izoh (0)   33895
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘rtachirchiqda qo‘shni ayolning uyiga bostirib kirib, pichoq o‘qtalgan bosqinchi qo‘lga olindi

    05.07.2018, 09:30

    O‘zbekistonda bir yilda 500 mingdan ortiq yoshlar ishlash uchun chet elga chiqib ketdi

    05.07.2018, 09:15

    O‘zbekistonda jinoyat sodir etgan 22 ming kishining yarmini yoshlar tashkil etdi

    05.07.2018, 08:45

    O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yili 10-avgustdan boshlanadimi?

    05.07.2018, 08:02

    O‘zbekistonda 101 davlat fuqarolari 5 kungacha vizasiz qolishi mumkin

    05.07.2018, 07:43

    O‘zbekistonda 20 yil davomida ilk bor 40 ta bolalar bog‘chasi quriladi

    04.07.2018, 23:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.