Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida O‘zbekistonda yangi o‘quv yilining erta boshlanishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Bu esa yozgi ta’til kunlarini oldindan rejalashtirgan ota-onalar xavotiriga sabab bo‘lmoqda, deya xabar beradi O‘zA.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati mazkur masala yuzasidan quyidagicha izoh berdi:
— Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilining 10-avgustda boshlanishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. O‘quvchilarning yozgi ta’til kunlari muddati va yangi o‘quv yilining boshlanish sanasida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Tizimga biror yangilik joriy etilishi rejalashtirilgan taqdirda, bu haqda, albatta, OAV orqali rasman ma’lum qilinadi.
Izoh (0)