• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Birinchi Prezidentning tansoqchisi Islom Karimov Gorbachyovning zaharxandasiga qanday javob berganini aytdi

    O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlangan “Mustaqillik asoschisi” saytiga O‘zbekiston Respublikasi xavfsizlik xizmatida uzoq yillar xizmat qilgan, mamlakatning uch rahbari — Sharof Rashidov, I.Usmonxo‘jayev va I.Karimovga tansoqchilik qilgan — zaxiradagi polkovnik Muhammadqulov Sa’dullo Murodilloyevichning Islom Karimov haqidagi xotiralari joylandi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Mustaqillik-asoschisi.uz”

    Foto: “Mustaqillik-asoschisi.uz”

    Men xos soqchilar guruhining boshlig‘i sifatida xodimlarning har biri bilan alohida ishlar edim. Buning o‘ziga xos sabablari bor edi. Islom Abdug‘aniyevich respublikaning avvalgi rahbarlaridan farqli o‘laroq, xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan “noqulay rahbar” edi. 1990-yil mart oyida Prezident etib saylanganidan keyin ham kamtarlik qilib xizmat mashinasiga Davlat xavfsizlik qo‘mitasi va DAN xodimlarining hamrohlik qilishiga yo‘l qo‘ymagan. Aslida, bu maxsus yo‘riqnomaga muvofiq emas edi. Shu bois ishni yo‘riqnoma asosida tashkil qilishimiz talab etilar edi.

    Respublikaning avvalgi rahbari bilan ishlab, ma’lum tajribaga ega bo‘lgan faqat birgina xos soqchi bo‘lib, qolganlar bari yangi xodimlar edi.

    Ularga esa xos soqchining vazifalarini individul tarzda o‘rgatishga to‘g‘ri kelgan. Prezident va oila a’zolariga biriktirilgan yangi xos soqchilar tez muddatda malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lib, shijoat bilan ishga kirishib ketdi.

    Prezident bilan ilk bor Nukus voqealari payti yaqindan tanishdim. Nukus voqealari muxolifat va ayirmachi guruhlar tomonidan uyushtirilgan edi. Prezident u yerda avval muxolifat faollari va rahbarlari bilan uchrashib, ularning talablarini eshitdi. Keyin obkomning katta zalida jahl otiga mingan va muammolar ko‘pligidan nima qilishni bilmay, muxolifat fikrini yoqlab chiqqan xalq bilan muloqot qildi. Islom Abdug‘aniyevichning ajoyib odati bor edi. U kishi katta auditoriya bilan uchrashganda notiqlarni tinglab, qog‘ozga tezis shaklida xulosalarini yozib borar, majlis yakunida shu asosda nutq irod qilar edi. Nukusda ham avval notiqlarning fikrlarini tinglab, so‘ng barcha ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha bittama-bitta javob berdi. O‘shanda Islom Karimov vazminlik va donolik bilan katta g‘alayon va xunrezlikning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan edi.

    Islom Abdug‘aniyevich kechqurun mehmonxonaga qaytganlarida men bilan suhbatlashdilar. U kishiga o‘zim haqimda so‘zlab berdim. Prezident mening Sh.Rashidov va I.Usmonxo‘jayev bilan ishlaganimni eshitib, “Sharof Rashidov haqida nima deysiz?” — deb savol berdilar. “Dilimdagini aytaymi yoki tilimdagini?” — deb so‘radim. Qoshlarini chimirib bir oz o‘ylanib turdilar-da, “Dilingizdagini ayting”, — dedilar. Men Sharof Rashidov haqida kamdan-kam odam biladigan ba’zi ma’lumotlarni so‘zlab, oxirida “U kishi o‘zi xizmat qilgan tizimning qurboni bo‘ldi”, — dedim. “Juda to‘g‘ri aytdingiz”, — dedi Prezident.

    O‘sha kezlar Islom Karimov mavjud murakkab vaziyatni sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari rahbarlaridan avvalroq tushunib yetgani va muammolarni hal etgani ko‘pchilik uchun kutilmagan hol edi. Hatto o‘shanda Mixail Gorbachyov zaharxanda bilan “Endi o‘n oltita Prezident bo‘lar ekan-da!” — deganida, Islom Karimov “Ha, kerak bo‘lsa, undan ham ko‘p bo‘ladi”, — deb javob bergan edi.

    1991-yilning iyunida meni ta’tildan shoshilinch chaqirtirib olishdi. Menga Prezidentning Xavfsizlik Xizmati boshlig‘i vazifasini bajarish topshirildi. O‘sha yil avgustda Prezidentning Hindistonga rasmiy tashrifi ko‘zda tutilgan edi. Menga tashrif davomida xavfsizlik masalalarini hal etish topshirildi. Bu o‘ta muhim va sharafli, ayni chog‘da, mas’uliyatli vazifa edi.

    Prezidentning ilk xorijiy tashrifini tashkil etish uchun mas’ul shaxslardan tuzilgan ishchi guruh Hindistonga bordik va to‘rt kun davomida juda ko‘p masalalarni hal etdik. O‘zbekiston Prezidenti Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo mezbon davlat Tashqi ishlar vazirligi dastlab rad javobini berdi. Ular Hindistonday katta davlatning Bosh vaziri SSSRning alohida respublikalari Prezidentlarini qabul qilmaydi, degan mazmunda vaj ko‘rsatishdi. Lekin ishchi guruh qat’iyat bilan qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga intildi.

    Hindistonga safar Prezidentimizga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, dunyo mo‘jizalardan biri – salobatli Tojmahal majmuasi u kishini lol qoldirdi. Hind zaminida Boburiylar qurdirgan qasr, masjidu maqbaralarni ziyorat qilgach, “Bobur Mirzo o‘z yurtidan quvg‘in etilmaganida edi, mana shu kabi ulug‘vor me’moriy obidalar O‘zbekistonda qurilmasmidi”, — dedi Prezident afsus bilan.

    Hindiston tashrifi yakuniga yetay deganda “Moskvada GKChP hokimiyatni olibdi” degan xabar keldi. Prezident menga zudlik bilan uchib ketishlari zarurligini aytdilar. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin Toshkentga parvoz qildi…

    Oradan bir hafta-o‘n kun o‘tib tarixiy voqea yuz berdi. Islom Abdug‘aniyevich 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida mamlakat Mustaqilligini e’lon qildilar. Ota-bobolarimiz bunyod etgan me’moriy obidalar ziyoratidan keyin mustaqillikdan mujda beruvchi voqealarning boshlanganida nedir ilohiy ishorat ko‘rgandek bo‘laman.

    Islom Abdug‘aniyevich keng miqyosdagi dunyoqarash, kuchli intellektual salohiyat, strategik tafakkur va ulkan hayotiy tajriba sohibi, qo‘rqmas hamda odil rahbar edi. Shu bois ham u mamlakatni o‘ta og‘ir va chigal vaziyatdan olib chiqa oldi.

    MDH hududida birinchi bo‘lib Prezident va uning oila a’zolari xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi tizimni yaratishda ishtirok etganim, ikki yil davomida Islom Abdug‘aniyevich bilan birga ishlagan kezlarimni aslo unutmayman.

    02.07.2018, 08:57   Izoh (0)   347885
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urganchda 1 oy ichida targ‘ibot tadbirlari doirasida hujjatsiz ishlayotgan 150 ga yaqin tadbirkorning faoliyati qonuniylashtirildi

    02.07.2018, 08:44

    “Daryo” surishtiruvi: Farg‘onacha uy “operatsiyasi” yoxud Farg‘ona shahar hokimi muhtoj ayolga bergan uyini nega bir kunda qaytarib oldi?

    02.07.2018, 08:26

    Yangiqo‘rg‘onda Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar velomarafondan boshlanib, bayram konserti bilan yakunlandi

    01.07.2018, 21:36

    Sergelida FVB xodimlari bolalar maydonchasi qurib, foydalanishga topshirdi

    01.07.2018, 21:21

    Toshkentda “Nosirxon” masjidini egallab olishga uringan aka-uka Nosirovlar qo‘lga olindi (video)

    01.07.2018, 20:35

    Toshkent viloyatida erini pichoqlab ketgan xorazmlik ayol qidirilmoqda

    01.07.2018, 18:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti” ikkita futbolchi uchun salkam 185 mln yevro sarflashga tayyor

    Sport | 18 may, 16:56

    Rianna uch yil deganda yangi qo‘shiq chiqardi

    Layfstayl | 18 may, 16:56

    G’azoda HAMAS rahbarining jasadi topildi — OAV

    Dunyo | 18 may, 16:26

    Makiyajni yanada chiroyli va uzoq turishiga yordam beradigan 10 ta go‘zallik sirlari

    Layfstayl | 18 may, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.