• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Urganchda 1 oy ichida targ‘ibot tadbirlari doirasida hujjatsiz ishlayotgan 150 ga yaqin tadbirkorning faoliyati qonuniylashtirildi

    Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi va Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarida asosiy e’tibor tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarda soliq to‘lash madaniyatini shakllantirish, o‘z faoliyatini belgilangan tartib qoidalar asosida qonuniy tarzda tashkil etish hamda soliq sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratildi. Bu haqda Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Dilrabo Kuryazova “Daryo”ga xabar berdi.

    Foto: “Xorazmiy.uz”

    Foto: “Xorazmiy.uz”

    Tadbirda Urganch shahri hududida hech qanday hujjatsiz noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga har qanday huquqbuzarlikning salbiy holatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, hech qanday hujjatlarsiz Urganch shahar Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan binoda milliy shirinliklar ishlab chiqarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan fuqaro Shohida Jumaniyozova faoliyati yaqindan o‘rganildi. Shohida Jumaniyozova bir necha oydan buyon davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, ijara asosida bo‘sh turgan binoda milliy shirinliklar ishlab chiqarishni boshlagan. Soliq xizmati xodimlari tomonidan bu yerda tashkil etilgan profilaktik tadbirlar jarayonida ushbu fuqaroga qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkor uchun davlat tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, xususan soliq qonunchiligi talablari hamd imtiyozlar keng tushuntirildi.

    Tadbir davomida mazkur sexda sanitariya-gigiyena qoidalariga umuman to‘g‘ri kelmaydigan muhit yaratilganligi, norasmiy yollanma ishchilar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi hamda ishlab chiqarilayotgan shiriklik mahsulotlari noqonuniy qadoq bilan iste’molchilarga yetkazib berilayotgani ham ma’lum bo‘ldi. Mazkur sex ta’mirtalab, ko‘rimsiz xonada joylashgan bo‘lib, bu yerda shirinliklar ishlab chiqarish va saqlash uchun yaratilgan sharoitlarning birortasi talab darajasida emas. Shirikliklar uchun ishlatiladigan qiyom mahsulotlari esa hovlida saqlanar ekan. Sexning tashqi hovlisidagi chiqindi uyumi, tartibsiz ko‘rinishdagi manzara esa ijaraga egasining e’tiboridan chetda qolgan.

    Ushbu ishlab chiqarish sexida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida soliq xizmati xodimlari shu yerning o‘zida davlat sanitariya epidemilogiya markazi xodimlarini ham jalb etishdi. Mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan profilaktik suhbat natijasida Shohida Jumaniyozova noqonuniy faoliyatini qonuniylashtirishga hamda ishlab chiqarishda mavjud kamchiliklarni to‘liq bartaraf etib, iste’molchilarga sifatli mahsulot yetkazib berishni maqsad qildi.

    U shu kunning o‘zida soliq xizmati xodimlarining amaliy ko‘magi bilan “Davlat xizmatlari markazi”ning sayyor shtabida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, o‘z faoliyatini qonuniylashtirdi. Qisqa fursat ichida Shohida Jumaniyozovaning barcha noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilib, u sog‘lom tadbirkorlik muhitiga qaytarildi.

    Ana shunday profilaktik tadbirlardan yana biri Urganch shahrining Xonqa ko‘chasida joylashgan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasida ham tashkil etildi. Ushbu korxona bugun tadbirkorlik sohasida o‘z o‘rniga ega. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari nafaqat milliy bozorga, balki qo‘shni Turkmaniston Respublikasiga ham eksport qilinmoqda. Korxona ishchi xodimlari bilan olib borilgan suhbat jarayonida yollanma ishchilarning faoliyati norasmiy yo‘lga qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.  Soliq xizmati xodimlarining huquqiy maslahatlari natijasida korxona ishchilarining  faoliyati ham shu kunning o‘zida qonuniylashtirildi. Bu kabi sa’y-harakatlardan korxona rahbari va unda faoliyat yuritib kelayotgan ishchi xizmatchilar ham mamnun bo‘ldi.

    — Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlarga barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi Urganch shahar DSI boshlig‘i o‘rinbosari N.Davletov. – Lekin taqdim etilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish o‘rniga, yashirincha faoliyat yuritayotgan qo‘shtirnoq ichidagi “tadbirkorlar” ham yo‘q emas. Urganch shahrida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida hududda tadbirkorlik faoliyatlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda. Targ‘ibot tadbirlari davomida joriy yilning may oyida Urganch shahar “Davlat xizmatlari markazi” sayyor shtabi tomonidan 144 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, 60 nafar yollanma ishchilarning faoliyati rasmiylashtirilib, ularning doimiy bandligi ta’minlandi.  Shu bilan birga faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan 63 nafar tadbirkorlarga ko‘maklashish evaziga esa ular o‘z faoliyatini qayta tikladi va 26 nafar tadbirkorning faoliyat turi amaldagi faoliyatlariga moslashtirildi.

     

     

    02.07.2018, 08:44   Izoh (0)   25032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” surishtiruvi: Farg‘onacha uy “operatsiyasi” yoxud Farg‘ona shahar hokimi muhtoj ayolga bergan uyini nega bir kunda qaytarib oldi?

    02.07.2018, 08:26

    Yangiqo‘rg‘onda Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar velomarafondan boshlanib, bayram konserti bilan yakunlandi

    01.07.2018, 21:36

    Sergelida FVB xodimlari bolalar maydonchasi qurib, foydalanishga topshirdi

    01.07.2018, 21:21

    Toshkentda “Nosirxon” masjidini egallab olishga uringan aka-uka Nosirovlar qo‘lga olindi (video)

    01.07.2018, 20:35

    Toshkent viloyatida erini pichoqlab ketgan xorazmlik ayol qidirilmoqda

    01.07.2018, 18:04

    Jizzaxda ikki Nexia to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi, 2 kishi yaralandi

    01.07.2018, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    Dunyo | 10 avgust, 21:42

    Yangioboddagi sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari yakunlandi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.