AQSh Federal qidiruv byurosi xodimlari Ogayo shtatidagi Klivlend shahrida mamlakatning Mustaqillik kuni nishonlanadigan 4-iyul kuni amalga oshirish rejalashtirilgan terrorchilik hujumining oldini oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Teraktni rejalashtirganlikda gumonlanib bir kishi qo‘lga olingan. Unga nisbatan xorijdagi terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlash aybi e’lon qilingan.
Operatsiyaning boshqa tafsilotlari yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)