Belgiya politsiyasi tomonidan Fransiyada terakt tayyorlashda gumonlanib, Bryussel yaqinida maxsus operatsiya vaqtida qo‘lga olingan ikki kishining avtomobilidan 500 gramm portlovchi modda hamda detonator topilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Operatsiya 30-iyun kuni o‘tkazilgan. Gumonlanuvchilar politsiya tomonidan Mercedes avtomobilida qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, tergovning mazkur bosqichida Belgiyaga nisbatan bevosita tahdid haqida biror bir ma’lumot mavjud emas.
Izoh (0)