Turkiyada mikroavtobusning avariyaga uchrashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, mikroavtobus mamlakat janubidagi Mersin provinsiyasida 2-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da ag‘darilib ketgan. Avtobus yo‘lovchilarining ko‘pchiligi suriyalik fermerlar bo‘lgan. Ular gilos terishdan qaytayotgan edi.
Izoh (0)