Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonga 500 million dollar kredit ajratilishini tasdiqladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Taraqqiyot siyosatini qo‘llab-quvvatlash operatsiyasi (Development Policy Operation) hukumatga O‘zbekistonda muvaffaqiyatli bozor iqtisodiyotini shakllantirishda ko‘mak beradi.
Shuningdek, bunga qo‘shimcha ravishda Jahon banki O‘zbekistonda umumiy summasi 2,8 milliard dollardan oshiq bo‘lgan 17 ta loyiha amalga oshirilishida ko‘mak bermoqda. Ular qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shahar taraqqiyoti, suv ta’minoti va sanitariya sohalari rivojiga hissa qo‘shib, iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligiga olib keladi.
Izoh (0)