Ukrainaning Zalochyevo shahrida noma’lum kishilar rus adabiyoti namoyandasi Aleksandr Pushkinga qo‘yilgan yodgorlikni sindirib tashladi. Bu haqda shahar meri Igor Grinkiv o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Shahar meri Pushkin yodgorligining buzib tashlanishini vandalizm sifatida baholab, bundan afsusda ekanligini, shaharda esa radikal kayfiyatdagi faollar yo‘qligini ta’kidlagan.
Grinkiv Rossiya tarafdori bo‘lgan OAV bundan siyosiy maqsadlarda foydalanishidan ajablanmasligini yozgan va bu yerda hech qanday siyosat yo‘qligini qayd etgan.
Izoh (0)