Germaniyaning Bremen shahrida joylashgan uyda portlash yuz berdi, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Portlash 28-iyun kuni ertalab uyning chordoq qismida yuz bergan. Shundan so‘ng kuchli yong‘in boshlangan.
Qutqaruvchilar uyda 41 yoshli ayol va uning yetti yoshli o‘g‘li tanasini topgan. Bundan tashqari, qo‘shni uyda halok bo‘lgan 70 yoshli ayol topilgan. Barcha qo‘shni uylar jiddiy zarar ko‘rgan.
Qutqaruvchilar 100 metr radiusdagi kishilarni evakuatsiya qilgan.
Izoh (0)