AQShning Merilend shtatida Capital Gazette nashri tahririyatida besh kishini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan shaxs uni barmoq izlaridan tanib olmasliklari uchun o‘zining barmoqlari uchiga shikast yetkazdi. Bu haqda CBS News huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi Meduza.
Jurnalistlar ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan 20 yoshdan oshgan oq tanli erkak dastlab o‘z ism-sharifini aytishdan bosh tortgan, uning yonida hujjatlari bo‘lmagan.
Keyinroq shaxsni tanib olish texnologiyasi yordamida erkakning shaxsi aniqlangan.
Gumonlanuvchining yonidan granataning mumdan yasalgan nusxalari, shuningdek, tutunli shashkalar topilgan.
28-iyun kuni qurollangan noma’lum shaxs Merilend shtatidagi Annapolis shahrida joylashgan The Capital gazetasi tahririyatida o‘t ochdi. Besh kishi halok bo‘ldi, kamida uch kishi yaralandi. Jinoyatchi qanday maqsadni ko‘zlagani noma’lum.
Izoh (0)