Buyuk Britaniyaning ba’zi hududlarida havo harorati 30 darajaga yetgach, Network Rail temiryo‘l kompaniyasi ayrim joylardan o‘tuvchi poyezdlarning tezligiga cheklov belgiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Bunga sabab sifatida, issiq ob-havoga Britaniya temir yo‘llarining dosh bera olmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Buni isbotlash uchun soha mutaxassislari quyidagi suratni e’lon qilgan.
Mazkur holat Britaniya radiostansiyalarining birida muhokamalarga sabab bo‘ldi. U bilan bog‘langan The Independent nashri muxbiri telefon orqali quyidagilarni aytib boshlovchining kulgisini keltirdi.
“O‘zbekiston ustimizdan kulyapti. Markaziy Osiyodagi yagona Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qatnovchi tezyurar poyezd havo harorati allaqachon 33 darajaga yetgan bo‘lsada, harakatlanishni davom ettirmoqda.
Saudiya Arabistonida esa Makkadan Madinaga eltuvchi, soatiga 190 chaqirimni bosib o‘tadigan (tezligi taxminan 305 kilometr/soat) poyezd uchun temiryo‘l yotqizilyapti. U yerda ham ob-havo Yangi Maldendan ancha issiq”, dedi u.
Hozircha Britaniyaning temir yo‘llarida poyezdlarga peshinda tezlikni ko‘pi bilan 64 kilometr/soatgacha oshirishga ruxsat berilgan.
Izoh (0)