KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘z qo‘shinlariga qo‘shimcha oziq-ovqat tarqatishni buyurgan general-leytenant Xyon Chu Sonni qatl qilish haqida buyruq berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Yuqori mansabli ofitser otib tashlashga hukm qilindi. Hukm Pxenyandagi harbiy akademiyalardan birining hududida ijro etildi. Xyon Chu Sonni “vakolatlarini oshirib yuborganlik”, “dushmanga yordam berganlik” va “partiyaga qarshi faoliyat”da aybdor deb topishdi.
Aniqlik kiritilishicha, general harbiy xizmatchilarga va ularning Soxe raketodromidagi oilalariga qo‘shimcha bir tonna yoqilg‘i, 580 kg guruch va 750 kg makkajo‘xori yuborishni buyurgan.
Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In bu haqda xabar topgach, g‘azablangan. U generalni otib tashlashni buyurgan va “mafkuraviy zaharlanish” iborasini qo‘llagan.
Izoh (0)