Reward Expert onlayn xizmati vakillari dunyoning eng norozi sayyohlari reytingini, shuningdek, eng baxtli sayohatchilarni ma’lum qildi. Eng norozi sayyohlar ispaniyaliklar bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, reytingni tuzishda ekspertlar sayyohlar to‘xtagan mehmonxonalar haqidagi taxminan 3,5 millionta fikrdan foydalangan. Jami 70 ta mamlakat mehmonxonalari haqidagi fikrlar o‘rganilgan.
Norozi sayyohlar qatorida ispaniyaliklardan keyingi o‘rinlarni Irlandiya, Islandiya, Italiya va Bolgariya sayohatchilari egallagan. O‘ntalikka Zimbabve, Daniya, Turkiya, Eron va Litva kirgan.
Eng mamnun sayyohlar ro‘yxatida esa rossiyalik, serbiyalik va livanliklar yetakchilik qilgan.
Ro‘yxatda keyingi o‘rinlardan Avstraliya, Belarus, Isroil, Gruziya, Iordaniya, AQSh va Kolumbiya joy olgan.
Izoh (0)