Hindistonning Maxarashtra shtatida mamlakat harbiy-havo kuchlariga topshirishdan oldin sinovdan o‘tkazilayotgan Su-30MKI qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ikkala uchuvchi ham muvaffaqiyatli tarzda katapultadan foydalanib, omon qolgan. Hodisa oqibatida yerda halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida ham ma’lumot yo‘q.
Ta’kidlanishicha, qurolli kuchlarga qabul qilingan 1990-yillar oxiridan buyon kamida sakkizta Su-30MKI halokatga uchragan.
Hindistonga 12 milliard dollarlik shartnoma doirasida Rossiyadan 240 ta Su-30MKI qiruvchisi yetkazib berilgan. Jami bo‘lib esa 272 ta samolyot xarid qilingan.
Izoh (0)