O‘zbekistonda yil boshidan buyon 13 ta yangi jome masjidi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ma’lum qildi, deya xabar beradi idora matbuot xizmati.
“Surxondaryo viloyatining o‘zida yil boshidan beri 7 ta yangi jome masjidi o‘z faoliyatini boshladi”, — dedi muftiy “Qozog‘iston—O‘zbekiston: diniy aloqalarining yangi bosqichi” mavzusidagi xalqaro anjumanda chiqishi chog‘ida.
Qayd etish joizki, oxirgi yil davomida O‘zbekistonda yo‘lovchilar namoz o‘qishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida yo‘l bo‘ylarida ham kichik masjidlar ochilmoqda. Ulardan biri Qamchiq dovonida ish boshladi.
Izoh (0)