Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker jurnalistlarning Yevropa Ittifoqidagi inqiroz haqida berilgan savoliga hazil bilan javob berdi. Jurnalistlar migratsiya muammosi bo‘yicha shoshilinch ishchi uchrashuvning chaqirilishi Yevropa Ittifoqi uchun inqirozdan darakligi haqida savol bergan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq Yunker migratsion inqiroz muhokamasi bo‘yicha noformal uchrashuv 24-iyunda Bryusselda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.
Fransiya bosh vaziri Eduard Filip bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Yevrokomissiya rahbaridan u Yevropa Ittifoqi uchun “bir daqiqa kam yarim tun” kelaganini his qilayotgani yoki yo‘qligi so‘ralgan.
“Ammo bundan kechroq emas”, — deb javob bergan Yunker, bu esa jurnalistlar kulgusiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)