Paragvayda 20 yoshli yigitning dafn marosimini o‘tkazishayotgan vaqtda u sog‘-omon holda uyiga kirib keldi, deya xabar bermoqda Forum Daily.
Yigitning oilasi a’zolari uning kuygan jasadini tanib, uni hatto dafn ham qilgan. Ammo erkak tirik bo‘lib chiqdi, shunchaki, u qayerdaligi haqida hech kimni ogohlantirmasdan, bir hafta dom-daraksiz ketgan.
Yigit o‘lgan deb hisoblangani uchun aybdor emas, deyiladi xabarda. Gap shundaki, u istiqomat qiladigan Amambay departamentida doimiy ravishda bir-biriga raqobatchi bo‘lgan narkosavdogarlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz beradi. Shuningdek, bu hududlarda odam savdogarlari ham faoliyat yuritadi.
Yigitning ota-onasi dafn qilgan odamning shaxsi aniqlangani yo‘q.
Izoh (0)