FIFA tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi so‘rovnomada Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Marokashga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
Ronaldu Marokash bilan o‘yinning 4-daqiqasida burchakdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab hisobni ochdi. Uning bu goli esa o‘yin so‘ngiga qadar yagonaligicha qoldi.
Shu tariqa Portugaliya o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi. Krishtianu esa JCh—2018 dagi gollari sonini 4 taga yetkazib, yaqqol to‘purarga aylandi.
Izoh (0)