Futbol bo‘yicha Senegal va Yaponiya termasi muxlislari Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati vaqtida haqiqiy o‘rnak namunasini ko‘rsatdi, deb yozadi “Championat.com”.
Senegallik muxlislar o‘z suyuklilarining Polsha ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng Moskvadagi “Spartak” stadionini axlatlardan tozalab ketdi.
Xuddi shunday ishni yaponiyalik muxlislar Saranskdagi stadionda qildi.
Ma’lumot uchun JCh—2018 2-turida 24-iyun kuni Senegal va Yaponiya bir-birga qarshi “Yekaterinbur Arena”da kurash olib boradi.
Izoh (0)