Britaniyalik marhum fizik Stiven Xokingning ovozi yozilgan “Tinchlik va umid xabari” nomli radiosignal Yerga eng yaqin bo‘lgan 1A 0620-00 qora tuynugiga yuborildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“RIA Novosti” agentligining yozishicha, signal Xokingning xoki Vestminster abbatligidagi Isaak Nyuton va Charlz Darvin qabrlari orasiga qo‘yilganidan so‘ng yuborilgan.
Ta’kidlanicha, mazkur xabar Sebrerosdagi Yevropa kosmik agentligiga tegishli sun’iy yo‘ldosh antennalari orqali uzatilgan.
Shu bilan birga olimning qabr toshiga qora tuynuk entropiyasini izohlovchi o‘zi tomonidan yaratilgan formula o‘yib yozilgan.
Eslatib o‘tamiz, Stiven Xoking joriy yilning 14-mart sanasida 77 yoshida vafot etgan edi.
Izoh (0)