Boliviyada 15-iyun, juma kuni yo‘lovchi avtobusi qoyaga borib urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
YTH tufayli yana 22 kishi jarohatlandi.
Avtobus Potosi shahridagi shosseda qoyaga urilgan. Politsiya avariyaga tezlikning oshirilishi sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda.
Izoh (0)