Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yil 13-mart kuni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Edem Chimgan mehmonxonasida mijozlarga turli xizmatlar ko‘rsatish bilan birga erkak va ayollarga ko‘ngilxushlik qilish uchun sharoit yaratib berilgani haqida ma’lumot kelib tushgan. Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, holatga oydinlik kiritish maqsadida viloyat Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda patrul-post xodimlari o‘zaro hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazgan.

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Shu kuni mehmonxonaning turli xonalaridan 6 juft erkak va ayollar o‘zaro aysh-ishrat qilib o‘tirganligi aniqlandi. Ular orasida Qozog‘iston fuqarosi ham bor.

Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda qonuniy chora ko‘rish maqsadida Yuqori Chirchiq tuman IIB binosiga olib kelinib, surishtiruv ishlari olib borildi.

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi