Toshkent viloyatining Chinoz tumanida pullarni ikki barobar qiymatda qaytarib berish va’dasi bilan odamlardan 330 million so‘m olib, ularni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
14-iyun kuni Chinoz tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, ushbu tumanda yashovchi, muqaddam sudlangan K.Y ismli fuqaro 2016-yil may—iyun oylarida “Yangiyo‘l avtobiznes servis MChJ” deb yozilgan soxta tashrif qog‘ozi bilan fuqarolarni ishonchiga kirgan. U odamlardan foiz hisobida pul va qora mollarni ikki barobar qiymatda qaytarib berishni va’da qilgan holda jami 330 500 000 so‘m pullarini olgan va o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan K.Y ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)