O‘zbekiston joniga qasdlar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda uchinchi o‘rinda qayd etildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Sputnik.
Mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonga tegishli. Bu mamlakatda suitsidlar indikatori 100 ming kishiga 22,5 kishini tashkil etdi. Qirg‘izistonda bu ko‘rsatkich 8,3, O‘zbekistonda 7,4 ga teng.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda tegishlicha 6,7 va 2,5 ko‘rsatkich bilan Turkmaniston va Tojikiston qayd etildi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda eng ko‘p joniga qasdlar Litva, Rossiya va Gayanada sodir etiladi.
Izoh (0)