Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining Mo‘ynoq tuman filialining qurilish ishlari yakunlandi. Qurilish ishlari “O‘zneftegaz” MChJ tomonidan olib borilib unga 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflandi, deb xabar beradi O‘zA.
Ikki qavvatli yangi muzey binosida Orol dengizining kecha va bugungi ahvoli aks ettirilgan kartinalar va boshqa 250 dan ortiq eksponatlar joylashtirilgan. Muzey yaqin kunlar ichida ishga tushadi.
Izoh (0)