Saudiya Arabistonining Ajlan&Bros kompaniyasi Andijon viloyati bilan to‘qimachilik va turizm sohasida hamkorlik o‘rnatadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Abdujabbor Egamberdiyev va kompaniya rahbari shayx Muhammad Abdulaziz Al-Ajlan boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda to‘qimachilik va turizm (mehmonxona xizmati) sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mehmonlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar (soliq, bojxona, elektr energiya, gaz, suv) atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng 26 kishidan iborat delegatsiya mehmonxona uchun taklif etilgan Andijon shahridagi sobiq “Navro‘z” o‘yingohi va qurilishi tugallanmagan “Sarbon” mehmonxonalari bilan tanishtirildi. Jalaquduq tumanidagi zavod qurilishi va paxta yetishtirish uchun taklif qilingan joylar ko‘zdan kechirildi.
Mehmonlar Xo‘jaobod tumanidagi “Fayz M” va “Nil Granit” korxonalari, Asaka tumanidagi “Sabo hamkor” MChJga qarashli gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonalarda ham bo‘ldi.
Izoh (0)