Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri Tojikistonga gastrol safari uyushtiradi. Bu haqda Tojikiston telegraf agentligiga tayanib, Sputnik xabar berdi.
Bu o‘zbek aktyorlarining ikki davlat mustaqillikka erishganidan buyon Tojikistonga ilk gastrol safari bo‘ladi.
Gastrol safari 29-iyundan 2-iyulga qadar mo‘ljallangan. Teatr jamoasi “Jaydari kelin” komediyasini namoyish etadi.
Sahna ustalari dastlab Xo‘jandda, so‘ngra Dushanbe va Boxtardagi teatrlarda chiqishlar qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri truppa sifatida 1939-yilda tashkil topgan.
Izoh (0)