Belgiya fuqarosi Zoe Brunet “Miss Mundial — 2018” tanlovi g‘olibiga aylandi, deb yozadi “TASS”.
Tanlov Germaniyaning Frayburg shahrida bo‘lib o‘tdi, unda futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan 32 ta mamlakatdan qizlar qatnashdi. Tadbir qoidalariga ko‘ra, barcha ishtirokchilar futbolni yaxshi tushunishi va 18 dan 33 yoshgacha bo‘lishi kerak edi.
Ikkinchi o‘rinni germaniyalik Anaxita Rebayn, uchinchi o‘rinni esa daniyalik Amanda Petri egalladi.
O‘z g‘alabasidan keyin 18 yoshli Brunet jahon chempionatida yurtdoshlariga ham g‘alaba tilab qoldi.
Izoh (0)