Qrim greklari Qrim Respublikasiga qo‘shimcha tarixiy “Tavrida” nomini berish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda, greklarning hududiy milliy-madaniy avtonomiyasi rahbari Ivan Shonusga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Shonusning so‘zlariga ko‘ra, greklar yarimorolga sivilizatsiyani olib kelgan, nomi ham grekcha bo‘lgan. Uzoq vaqt davomida yarimorol Tavrida deb nomlangan, shuning uchun Qrim to‘la asosda Qrim Respublikasi — Tavrida deb atalishga haqli.
Uning fikriga ko‘ra, agar bu qaror qabul qilinsa, u Qrimning Rossiyaga tegishli ekanini yana bir marta tasdiqlashga imkon beradi. Shonusning qayd etishicha, qrimlik greklar rasmiy maktub bilan allaqachon hukumatning turli instansiyalariga murojaat qilgan.
Izoh (0)