AQSh prezidenti Donald Tramp Fox telekanaliga bergan intervyusida Rossiyani G7 ga qaytarish zarurligi haqidagi fikrini izohlab berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Trampning e’tirof etishicha, Kanadaning Kvebek shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” sammitida ishtirokchilar tadbir vaqtining 25 foiz qismini Rossiyani muhokama qilishga sarflagan.
“Va men agar ular (Rossiya vakillari) shu yerda bo‘lganida, yaxshiroq bo‘lardi, deb aytdim”, — dedi AQSh prezidenti.
Shuningdek, u Vladimir Putin G7 sammitida qatnashganida, undan Suriya va Ukrainadan chiqib ketishni so‘ragan bo‘lishini aytdi.
Izoh (0)