Buyuk Briyaniyada keksa ayol o‘z uyining chordoqidan eski tangalar solingan qutini topib oldi. Dastlab u qutini tashlab yubormoqchi bo‘lgan, biroq keyinroq u tangalarni baholovchiga berishga qaror qilgan. Yakunda tangalardan birining narxi 100 ming funt bo‘lib chiqqan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, tangalarni baholatishga ayolni nabiralari ko‘ndirgan. Tangalar ayolga o‘z bobosidan meros bo‘lib qolgan edi.
Ekspertlarning qayd etishicha, tanga 1644-yilda Karl I hukmronligi davrida zarb etilgan. Tanganing holati juda yaxshi deb baholangan va yaqin vaqt ichida u auksionga qo‘yilishi kerak. Noyob tanga uchun 100 ming funtdan ko‘proq mablag‘ olish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)