Afina va Skope 25 yillik bahsdan so‘ng Makedoniya davlati nomini o‘zgartirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bosh vazir Zoran Zayevga ko‘ra, Gretsiya rasmiylari bilan kelishuvga muvofiq mamlakat nomi Shimoliy Makedoniya deya o‘zgartiriladi. Bu mamlakat konstitutsiyasida ham o‘z aksini topadi.
Shu bilan birga, fuqarolar makedoniyalik, millat va til esa makedon millati va tili bo‘lib qoladi.
Ikki davlat hukumatlari darajasida erishilgan qaror 2018-yil kuzida Makedoniyada umummilliy referendumga qo‘yiladi. Shuningdek, hukumatlar o‘zaro shartnoma ham imzolaydi.
Izoh (0)