Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yuz bergan avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “TASS”.
Uch nafar jarohatlanganlarning ahvoli o‘ta og‘ir deya baholanmoqda.
Hodisa Maynpuri shahri hududida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilgan va ag‘darilib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Shohjahonpur shahri yaqinida yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda to‘qqiz kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)