AQSh tomonidan 2017-yilning aprelida Suriyada amalga oshirgan raketa zarbasi Xitoy uchun Vashingtonning kimyoviy va ommaviy qirg‘in qurollariga nisbatan qanday chora ko‘rishi borasida ogohlantirish vazifasini o‘tashi lozim. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Trampning aytishicha, raketa zarbasi Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashuv vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgan. “Men unga, janob rais biz hozirgina Suriyagi ma’lum obyektlarga qarshi 58 ta raketani uchirdik. Yetti yuz mil uzoqlikdan uchirilgan har bir raketa nishonga borib tekkanini takrorladim”, — deydi Tramp.
“Bu Bashar Asad Suriyada bolalarga qarshi kimyoviy gazlarni qo‘llagani sabab amalga oshirildi. Biz shunday qilishga majbur bo‘ldik. Agarda Barak Obama ushbu ‘qizil chegara’ni kesib o‘tganida, Yaqin Sharqdagi vaziyat tamoman boshqacha bo‘lardi.
Men Si Szinpinga uchrashuvdan chiqib ketishi yoki do‘st bo‘lib qolishimiz mumkinligini aytdim. U — ketmadi, barchasini tushundi”, — deya ta’kidlaydi Tramp.
Izoh (0)