Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ma’lum qilishicha, Turkiya “zarurat tug‘ilganida” Rossiyaning C-400 zenit-raketa komplekslaridan foydalanadi. Bu haqda Hurriyet gazetasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Biz shunchaki C-400’larni sotib olib, ularni omborga joylashtirmaymiz. Zarurat tug‘ilganida ulardan foydalanamiz”, — deydi Erdo‘g‘on.
Turkiya yetakchisining ta’kidlashicha, C-400 “himoya vositasi” hisoblanadi, shu sababli mamlakat armiyasi undan mudofaa maqsadlarida foydalanadi. Prezidentning qayd etishicha, turk hukumati zenit-raketa komplekslarini yetkazib berish borasida Amerika hukumati qarorlariga bog‘lanib qolishdan “charchagan”.
Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan C-400’larning yetkazib berilishi borasidagi taklif Vashington Turkiyaga o‘z zenit-raketa komplekslarini sotishni istamagan bir vaqtda juda “jozibador” hisoblanadi.
Izoh (0)