O‘shlik bojxonachilar O‘zbekistondagi iste’mol tovarlarini olib chiqib ketilishi borasidagi kontrabandaning oldini oldi. Bu haqda Davlat bojxona xizmatiga asoslanib, “KNews.kg” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kontrabanda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona chegarasida amalga oshirilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar borasidagi faktlar asosida o‘tkazilgan tergov-qidiruv tadbiri davomida aniqlangan.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari O‘sh viloyatida musodara qilingan. Tovarlarning umumiy o‘rtacha bozor qiymati 366 ming 800 qirg‘iz so‘mini (45,5 million so‘m) tashkil etdi. Materiallar O‘sh viloyati prokuraturasiga topshirilgan.
Izoh (0)