Xorij davlatlaridan kelgan takliflarga ko‘ra, bir qancha qorilar Ramazon oyi davomida diniy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish hamda taroveh namozini ado etib berish uchun AQSh, Rossiya va Ukraina kabi davlatlarga yuborilgan edi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Ana shunday qorilardan biri Toshkent shahridagi “To‘lqin Akrom o‘g‘li” masjidi imom noibi Jamoliddin qori Qodirov joriy yil Ramazon oyida Rossiyaning Saxalin shahrida musulmonlarga taroveh namozini ado etib, ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazayotgan edi.
11-iyun kuni o‘zbekistonlik qori Qadr kechasida Qur’oni Karim xatmini nihoyasiga yetkazdi.
“Taroveh namozlari va Qur’on xatmida Saxalin shahrida vaqtincha yashab, mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar ishtirok etdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)