O‘zbekiston Prezidenti Quva tumaniga tashrifi chog‘ida Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, tuyachilik, kartoshkachilik, limonchilik tarmoqlarini rivojlantirish, agrologistika markazi tashkil etish, yer o‘lchash, suvdan unumli foydalanish va boshqa loyihalar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
“Bu tarmoqlar xalqimizning rizqi manbasi. Maqsadimiz - mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish hisobidan oziq-ovqat tovarlari narxini arzonlashtirish. Odamlar hozirgidek daromadi bilan ham to‘q, farovon yashashga imkoni bo‘lsin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident tadbirkor va mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish, ularni saqlash, qadoqlash va iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Izoh (0)