13-iyun kuni Adliya vazirligi mutaxassislari kun davomida onlayn tarzda ta’lim sohasidagi savollarga javob beradi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
13-iyun soat 16:00 da esa adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob beradi.
Ta’lim qonunchiligiga doir masalalar bo‘yicha savollarni ayni vaqtdan boshlab 2018-yil 13-iyun kuni soat 16:00 ga qadar telegramdagi @tdyuubot manziliga yuborish mumkin.
Savollar 80 ta so‘zdan oshmasligi, ta’lim sohasiga oid (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati va x.k) bo‘lishi lozim.
Ushbu talablarga javob bermaydigan savollar ko‘rib chiqilmaydi.
Izoh (0)