Marokash agarda JCh—2026 mezbonligi unga beriladigan bo‘lsa, FIFAga 5 milliard AQSh dollari miqdorida foyda keltirishini ma’lum qildi, deb yozadi “Sports.ru”.
Bu holatda har bir uchrashuvga kirish chiptasining o‘rtacha narxi 200 dollarni tashkil etadi.
Oldinroq FIFA inspektorlari Marokashning imkoniyatlarini 5 ballik tizimda 2,7 ga baholagan edi. Ular mamlakatda turnir infrastrukturasini shakllantirishga urunish katta tavakkal ekanligini aytib, ogohlantirishgan edi.
JCh—2026 ni o‘tkazadigan mamlakat nomi 13-iyun kuni Moskvadagi FIFA kongressida, JCh-2018 startiga 1 kun qolganda e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Marokashdan tashqari Jahon Chempionati mezbonligi uchun AQSh, Kanada, Meksika qo‘shma ariza topshirgan holda da’vogarlik qilmoqda.
Mazkur mundial 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi Jahon Chempionati hisoblanadi. Ishtirokchilar 16 guruhga ajratiladi va dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar pley-offga yo‘llanma oladi.
Izoh (0)