Rossiyadagi Jahon Chempionatida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasi Grozniydagi “Axmat Arena”da ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.
Mashg‘ulotlarni tomosha qilish va misrliklarni qutlash uchun Checheniston rahbari Ramzan Qodirov stadionga tashrif buyurdi.
Muhammad Saloh jarohati bois mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, stadionda muxlislar birga bo‘ldi.
Ma’lumot uchun Misr termasi “A” guruhida Rossiya, Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan kurash olib boradi.
“Championat.com” nashri mashg‘ulotlardan fotosuratlarni taqdim etdi.
Izoh (0)