Avval xabar berilganidek, bugun, 10-iyun kuni Ostonada boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogining final janglari bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Barcha final janglari yakuniga yetdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov rossiyalik Gabil Mamedovga qarshi jang o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi. Ushbu mag‘lubiyat sabab bokschi kumush medal bilan kifoyalandi.
-64 kg vazn toifasida final jangida ringga chiqqan Iqboljon Xoldorovga esa mezbonlar vakili Bektaulet Ibragimovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Terma jamoa hisobiga yagona oltin medalni -81 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev yozib qo‘ydi. Bektemir qozog‘istonlik bokschi Bek Nurmagambetovni final jangida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Kecha, 9-iyun sanasida o‘tkazilgan janglardan so‘ng to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi bronza medaliga sazovor bo‘lgandi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi turnirda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)