Universal Pictures kompaniyasi rejissyor Demyen Shazell tomonidan suratga olingan “Oydagi ilk inson” (“First Man”) filmi ilk treylerini e’lon qildi.
Meduza’ning yozishicha, ushbu biografik drama Jeyms. R. Xansenning “Oydagi ilk inson: Nil Armstrong hayoti” nomli kitobi asosida suratga olingan.
Oyga birinchi bo‘lib qadam qo‘ygan astronavt Nil Armstrong rolini Rayan Gosling ijro etgan. Armstrongning birinchi rafiqasi Jenet Sheron rolini Kler Foy, Oyga ikkinchi bo‘lib qadam qo‘ygan Bazz Oldrin rolini esa Kori Stoll ijro etgan.
“Oydagi ilk inson” filmi 2018-yil noyabrida MDH kinoprokatiga chiqarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)