O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha kinoteatrlarda milliy filmlar namoyishi uchun kvota o‘rnatiladi. Bu Prezidentning milliy kinoindustriyani takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasida belgilangan, deya xabar beradi Sputnik.
Hujjat 2018-yil 1-iyuldan kinoteatrlarda milliy badiiy filmlarni kvotalashtirish tizimini joriy etishni nazarda tutadi.
Dastlabki yillari kinoteatrlar bir oyda bitta to‘liq metrajli o‘zbek filmini namoyish etishi kerak bo‘ladi.
Keyinchalik, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa oy davomida ko‘rsatiladigan kartinalarning kamida 25, dam olish kunlari esa 40 foizi milliy filmlardan iborat bo‘lishi haqidagi talab kuchga kiradi.
Izoh (0)