1-iyun kuni aktyor Shaya Labafning hayotiga asoslangan “Asal bola” filmining suratga olish jarayonidan ilk suratlar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi TJournal.
“Transformerlar” yulduzi otasi haqidagi film ssenariysi mualliflaridan biri hisoblanadi. U kartinada otasi Jeffri Kreyg Labafni talqin etadi.
Qayd etilishicha, Shaya mazkur film uchun “qarigan” va kal bo‘lgan.
“Asal bola” filmida Labafning aktyorlik karyerasining ilk yillari va uning giyohvandlikka ruju qo‘ygan otasi bilan munosabatlari haqida hikoya qilinadi. Filmda Labaf familiyasi tilga olinmaydi. Shayaning o‘zini esa Lukas Xejes o‘ynaydi.
Izoh (0)