O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, shu bilan birga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari tarmoqdagi shaxsiy sahifasini sport muxlislari, sport oilasi vakillari uchun o‘ziga xos axborot maydoni bo‘lishiga umid qilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov, shuningdek, Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ham Facebook ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy sahifalarini ochgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)