Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan, 6-iyun kuni Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasida Turkiya elchisi tomonidan iftorlik tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu iftorlikda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ham ishtirok etdi.
Bu singari uchrashuvlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning rivojiga katta hissa qo‘shadi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)