O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Agrobank”ning to‘rt nafar xodimini qo‘lga oldi, ular tadbirkorga kredit berishda tovlamachilikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.
“Agrobank”ning Farg‘ona viloyati So‘x tumani bo‘limi boshqaruvchisi 500 million so‘mlik kreditni rasmiylashtirish uchun 1,5 ming dollar talab qilgan. U qo‘lga olingach, pullar “zanjir” orqali Toshkentgacha yetib borgani, u yerda pulni “Agrobank”ning Toshkentdagi bosh ofisi kichik biznes subyektlarini kreditlash boshqarmasi yetakchi mutaxassisi qo‘lga kiritgani oshkor bo‘ldi.
Izoh (0)